Tadbir davomida yosh dizayner o‘zining kasbiy faoliyati, erishgan yutuqlari hamda dizayn sohasidagi zamonaviy yo‘nalishlar haqida talabalarga batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, u talabalarga dizayn jarayonida kreativ yondashuv, g‘oya yaratish bosqichlari, ranglar uyg‘unligi va kompozitsiya asoslari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berib o'tdi.
Mahorat darsi interaktiv tarzda tashkil etilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi, real loyihalar misolida ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Dizayner tomonidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, unda talabalar o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdi. Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan dizayn sohasida bunday uchrashuv va mahorat darslarining ahamiyati yuqori ekanligi ta’kidlandi. Bu kabi tashabbuslar yoshlarning kasbiy rivojlanishiga xizmat qilishi, ularni kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishiga zamin yaratishi qayd etildi.
Mazkur mahorat darsi talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, ularning ijodiy fikrlashini rivojlantirish hamda dizayn sohasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.