Mazkur musobaqa talabalar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy ruhni mustahkamlash hamda iqtidorli sportchilarni aniqlash maqsadida tashkil etildi. Institut tomonidan uyushtirilayotgan mazkur bellashuv “Talabalar ligasi”ning muhim bosqichi bo‘lib, har yili talabalar faolligi va sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan bir qator tadbirlar qatorida o‘tkaziladi.
Musobaqada institutning barcha fakultetlari jamoalari o‘zaro kuch sinashib, saralash bosqichi qatnashchilarga o‘z sport mahoratini namoyish etish, jamoa sifatida mujassamlikni namoyon etish hamda fakulteti sha’nini himoya etish imkonini berdi.
"Mini futbol" sport turi bo'yicha saralash bosqichi yakunida quyidagi natijalar qayt etildi:
San’atshunoslik va amaliy san’at fakulteti
Tasviriy san’at fakulteti
Dizayn fakulteti
Barcha talabalarni “Talabalar ligasi” doirasidagi musobaqalarda faol bo'lishga chorlab qolamiz.