Bugun institutning Tasviriy san’at fakulteti 2-bosqich hamda Dizayn fakulteti 1-bosqich talabalarining kuzgi semestr yakuniy kо‘rik nazoratlari о‘tkazilib, unda institut rahbariyati hamda fakultet professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. Mutaxassislar har bir ijodiy ish talabalarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdagi ahamiyatini hamda ularning ijodiy izlanishlarini davom ettirishlari va san’at sohasida yetuk mutaxassis sifatida shakllanishlari uchun muhimligini ta'kidlashdi.
Tasviriy san'at fakulteti talabalari tomonidan taqdim etilgan ijodiy ishlar “Dastgohli rangtasvir” kafedrasi professori, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi Sabirjan Raxmetov, Dizayn fakulteti talabalari tomonidan taqdim etilgan ijodiy ishlar Dizayn kafedrasi professori, “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi fidoyisi” ko‘krak nishoni sohibi Oybek Kasimovlar boshchiligidagi komissiya a’zolari tomonidan ilmiy-ijodiy va davr talabini hisobga olgan holda tahlil qilinib, baholash jarayoni ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida amalga oshirildi.
Shuningdek, yakuniy kо‘rik nazorat jarayonlariga O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bosh ilmiy kotibi Abidjanova Feruza Abdullayevna ham tashrif buyurib, talabalarning ijodiy ishlari bilan tanishdi hamda profesor-o'qituvchilarga o'zining muhim tavsiya va maslahatlarini berdi.
Yakuniy kо‘rik nazoratlarini shunday yuqori darajada tashkil etish talabalarning nazariy bilimlari va amaliy mahoratini baholash, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda milliy san’at va dizayn sohalarida munosib o'rin egallashga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.