Bugugun Tasviriy san’at fakulteti 4-bosqich talabalarining kuzgi semestr yakuniy kо‘rik nazoratlari о‘tkazilib, unda institut rahbariyati hamda fakultet rofessor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. Mutaxassislar har bir ijodiy ish talabalarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdagi ahamiyatini hamda ularning ijodiy izlanishlarini davom ettirishlari va san’at sohasida yetuk mutaxassis sifatida shakllanishlari uchun muhimligini ta'kidlashdi.
Talabalar tomonidan taqdim etilgan ijodiy ishlar “Dastgohli rangtasvir” kafedrasi professori, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi Sabirjan Raxmetov boshchiligidagi komissiya a’zolari tomonidan ilmiy-ijodiy va davr talabini hisobga olgan holda tahlil qilinib, baholash jarayoni ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida amalga oshirildi.
Yakuniy kо‘rik nazoratlarini shunday yuqori darajada tashkil etish talabalarning nazariy bilimlari va amaliy mahoratini baholash, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda milliy san’at va dizayn sohalarida munosib o'rin egallashga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.