Bugun institutning Tasviriy san’at fakulteti 1-bosqich hamda Dizayn fakulteti 4-bosqich talabalarining kuzgi semestr yakuniy kо‘rik nazoratlari о‘tkazilib, unda institut rahbariyati hamda fakultet rofessor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. Mutaxassislar har bir ijodiy ish talabalarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdagi ahamiyatini hamda ularning ijodiy izlanishlarini davom ettirishlari va san’at sohasida yetuk mutaxassis sifatida shakllanishlari uchun muhimligini ta'kidlashdi.

Tasviriy san'at fakulteti talabalari tomonidan taqdim etilgan ijodiy ishlar “Dastgohli rangtasvir” kafedrasi professori, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Respublikasi  xalq rassomi  Sabirjan Raxmetov, Dizayn fakulteti talabalari tomonidan taqdim etilgan ijodiy ishlar Dizayn kafedrasi professori, “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi fidoyisi” ko‘krak nishoni sohibi Oybek Kasimovlar boshchiligidagi komissiya a’zolari tomonidan ilmiy-ijodiy va davr talabini hisobga olgan holda tahlil qilinib, baholash jarayoni ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida amalga oshirildi.

Shuningdek, Tasviriy san'at fakulteti talabalarining yakuniy kо‘rik nazorat jarayonlariga O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Nuridinov ham tashrif buyurib, talabalarning ijodiy ishlarini bilan tanishdi  hamda profesor-o'qituvchilarga o'zining muhim tavsiya va maslahatlarini berdi.

Yakuniy kо‘rik nazoratlarini shunday yuqori darajada tashkil etish talabalarning nazariy bilimlari va amaliy mahoratini baholash, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda milliy san’at va dizayn sohalarida munosib o'rin egallashga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

5420145163465593658_121.jpg

5420145163465593659_121.jpg

5420145163465593660_121.jpg

5420145163465593663_121.jpg

5420145163465593664_121.jpg

5420482975528325618_121.jpg

5420482975528325653_121.jpg

5420145163465593666_121.jpg

5420145163465593665_121.jpg