Bugun institutning Dizayn fakulteti 4-bosqich Libos dizayni yo‘nalishi talabalarining kuzgi semestr yakuniy kо‘rik nazoratlari о‘tkazilib, unda institut rahbariyati hamda fakultet rofessor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. Mutaxassislar har bir ijodiy ish talabalarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdagi ahamiyatini hamda ularning ijodiy izlanishlarini davom ettirishlari va san’at sohasida yetuk mutaxassis sifatida shakllanishlari uchun muhimligini ta'kidlashdi.

Talabalar tomonidan taqdim etilgan ijodiy ishlar Dizayn kafedrasi professori, “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi fidoyisi” ko‘krak nishoni sohibi Oybek Kasimov boshchiligidagi komissiya a’zolari tomonidan ilmiy-ijodiy va davr talabini hisobga olgan holda tahlil qilinib, baholash jarayoni ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida amalga oshirildi.

Yakuniy kо‘rik nazoratlarini shunday yuqori darajada tashkil etish talabalarning nazariy bilimlari va amaliy mahoratini baholash, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda milliy san’at va dizayn sohalarida munosib o'rin egallashga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

 

photo_2026-01-15_13-57-17 (2).jpg

photo_2026-01-15_13-57-17 (3).jpg

photo_2026-01-15_13-57-17 (4).jpg

photo_2026-01-15_13-57-17 (5).jpg

photo_2026-01-15_13-57-18.jpg

photo_2026-01-15_13-57-18 (2).jpg