Institutimiz rahbariyati professional rassomlar, dizaynerlar hamda dekoratorlar uchun mo‘ljallangan badiiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi taniqli "VISTA-ARTISTA" brendi bilan hamkorlikda talaba yoshlarning ijodiy faoliyatini qo'llab-quvvatlash maqsadida, bugun Tasviriy san’at fakultetida kuzgi semestr yakuniy ko'rik nazoratlarida yuqori ball olgan 1-bosqich talabalarining ijodiy faoliyatini e'tirof etgan holda, ularni "VISTA-ARTISTA" brendi tomonidan taqdim etilgan sovg‘alar bilan taqdirladi.