O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Oliy ta’lim muassasalarida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirilishini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan yo‘riqnomada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, ayni kunlarda oliy ta’lim muassasalarida tezkor profilaktik tadbirlar izchil ravishda o‘tkazilmoqda.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining bosh binosida “ Tig‘ ” maxsus profilaktik tadbiri tashkil etildi. Tadbir institut profilaktika inspektori Jasur Mambetov nazorati ostida amalga oshirildi.

Mazkur profilaktik tadbir talabalarning hayoti va sog‘lig‘iga qarshi qaratilgan huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, institut hududiga turli xil taqiqlangan buyumlar, jism va moddalarni noqonuniy olib kirish holatlarining bartaraf etilishiga qaratildi.

Profilaktik tadbir davomida institutda jamoat xavfsizligini ta’minlash, tartib-intizomni mustahkamlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha zarur tushuntirish ishlari olib borildi.

photo_2026-02-09_10-00-19 (2).jpg

photo_2026-02-09_10-00-20 (2).jpg

photo_2026-02-09_10-00-20 (3).jpg

photo_2026-02-09_10-00-20 (4).jpg

photo_2026-02-09_10-00-19.jpg

photo_2026-02-09_10-00-20 (5).jpg

photo_2026-02-09_10-00-20 (6).jpg

photo_2026-02-09_10-00-20.jpg