Bugun Yaponiyaning Komazava universiteti professori Hiroaki Furusho tomonidan institutimizning “Me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash” hamda “Amaliy san’at asarlarini ta’mirlash” yo‘nalishlarida tahsil oluvchi talabalar uchun “Ashyolarda ishlash” fani doirasida xalqaro tajribalar asosida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar davomida talabalarga me’moriy va amaliy san’at asarlarining bezak qismlarini ilmiy asosda o‘rganish, ularni saqlash hamda ta’mirlashning zamonaviy usullari haqida muhim nazariy va amaliy bilimlar berildi.
Yaponiyalik professor tomonidan tashkil etilayotgan dars mashg'ulotlari joriy hafta yakuniga qadar davom etishi belgilangan bo'lib, mazkur darslar talabalarimizninig bilim va ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, xalqaro tajribani o‘rganishlari yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.