2026-yil ko'rsatgichiga ko'ra, ta'lim bo'yicha QS Reytinggida 101-125 o'rinni egallagan Universiti Pendidikan Sultan Idris (UPSI) — Malayziya ta’lim universitetidan — institutimizga ikki nafar professor Dizayn fakulteti akademik ishlar va xalqaro aloqalar bo‘yicha dekan o‘rinbosari professor Dr. Nur Safinas Albakry hamda ushbu nufuzli universitetning Multimedia bo‘limi mudiri Mohd Ekram Alhafis Hashim tashrif buyurib, Sun’iy intellekt vositalari yordamida SLR(Systematic Literature Review) maqola yozish texnikasi mavzusida ilmiy-akademik ma’ruza o‘tkazdilar.
Mazkur akademik ma’ruzada sun’iy intellekt vositalari orqali akademik maqola yozish hamda ilmiy tadqiqot olib borish usullari haqida amaliy va nazariy yo‘nalishlar tushuntirildi. Mavzu davomida Scopusga maqola yozish va kiritish jarayoniga alohida to'xtalib o'tildi.
Akademik ishlar va xalqaro aloqalar bo‘yicha dekan o‘rinbosari professor Dr. Nur Safinas Albakry tomonidan tashkil etilgan "Ijodiy sanoatlarda merosga asoslangan brend innovatsiyasi uchun Dizayn fikrlash" mavzusidagi ma'ruza institutimiz talabalari uchun manfaatli boʻldi.