Bugun institutimizda sog‘lom ma’naviy-psixologik muhitni shakllantirish, talaba-qizlarni turli zo‘ravonlik holatlaridan himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Tadbir institutda faoliyat olib borayotgan erkak pedagog xodimlar ishtirokida o‘tkazildi.
Tadbirga mehmon va mutaxassis sifatida Mirobod tumani IIO FMB HPB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, podpolkovnik Gulyamova Gavhar Alisherovna taklif etildi.
Mutaxassis tomonidan talaba-qizlar va ayollarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarining huquqiy, psixologik, axloqiy va kasbiy mas’uliyati, shuningdek, bunday holatlarning salbiy oqibatlari haqida batafsil ma’ruza qilindi. Suhbat davomida pedagog xodimlarning mas’uliyati, xizmat etikasi va shaxsiy javobgarligi alohida urg‘u bilan qayd etildi.
Mazkur davra suhbati ta’lim muassasasida sog‘lom, xavfsiz va hurmatga asoslangan muhitni mustahkamlash, talaba-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi muhim amaliy qadam bo‘ldi.