Ayni kunlarda Respublikamizning barcha oliygohlarida start olgan  “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” sport musobaqalarining Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bosqichiga tantanali ochilish marosimi bilan start berildi.

Tadbirda  Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor Ravshan Yunusov ishtirok etib, nutq so‘zladi hamda mazkur olimpiadaning ahamiyati, undan ko‘zlangan maqsad haqida to‘xtalib, barcha talabalarni musobaqalarda faol ishtirok etishga chaqirdi.

Yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash mamlakatimiz siyosatidagi ustuvor yo‘nalishlardan biri ekani alohida ta’kidlandi. Shu bilan birga, ushbu olimpiada nafaqat talabalar orasida, balki keng jamoatchilik o‘rtasida ham sport va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishi qayd etildi.

Mazkur musobaqa talabalar o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish, ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratish hamda sog‘lom turmush tarzini keng yoyishga xizmat qiladi. Shuningdek, bu tashabbus kelgusida millionlab yoshlarni o‘z atrofiga birlashtirishiga ishonch bildiramiz, -dedi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor Ravshan Yunusov o'z nutqida.

Ma'lumot uchun, musobaqalarning barcha bosqichlari Sport vazirligining “ERP-sport” yagona elektron boshqaruv tizimi orqali nazorat qilinadi. Hozirda institutimizda Voleybol, Gandbol, Stritbol, Stol tennisi, Futbol, Yengil atletika va Suzish sport turlari bo'yicha musobaqalar start oldi.  Musobaqalar 3 bosqichda bo‘lib o‘tadi:

1-bosqich: 6–20-aprel;
2-bosqich: 1–15-may;

Final bosqichi: 1–10-iyun kunlari Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida o‘tkaziladi.

5379892729967482859_121.jpg

5379892729967482860_121.jpg

5379642539532556239_121.jpg

5379642539532556240_121.jpg

5379642539532556241_121.jpg

5379642539532556235_121.jpg