Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizdagi barcha vazirlik, idora va hokimliklarda har haftaning payshanba kuni — “Yoshlar kuni” etib belgilanganligi munosabati bilan bugun institutimizda “Eng yaxshi kreativ g‘oya” mavzusida talaba yoshlar bilan startap g'oyalarni amaliyotga tadbiq etish bo'yicha davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati  Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Dilafruz Qurbonova hamda “Mirzo Ulug‘bek vorislari markazi” mas'ul xodimi Abror Xasanovlar tomonidan olib borilib, unda yoshlar uchun tadbirkorlik imkoniyatlari, startap fikrlash hamda “Eng yaxshi kreativ g‘oya” mavzularida seminar treninglar tashkil etildi.

Shuningdem, suhbat davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, ularga batafsil javoblar olishdi. Muhokamalar hayotiy tajribalar, foydali maslahatlar va motivatsion fikrlar bilan boy bo‘ldi.

Mazkur uchrashuv, joriy yilning 24-fevral kuni Davlatimiz rahbarining yoshlar bilan uchrashuvida ilgari surilgan tashabbus va yoshlar uchun yaratilayotgan ko'plab imkoniyatlarni talabalarimiz o'rtasida keng targ'ib qilishda muhim qadamlardan biri bo'ldi.

5262967253265749729_121.jpg

5262967253265749730_121.jpg

5262967253265749731_121.jpg

 

5262967253265749734_121.jpg

5262967253265749732_121.jpg

5262967253265749733_121.jpg

5262967253265749735_121.jpg

5262967253265749736_121.jpg

5262967253265749737_121.jpg