Institutimizning San’atshunoslik va amaliy san’at fakulteti tomonidan  “Kitob – qalb va tafakkur ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etilib, unda talaba-yoshlar tomonidan o‘zbek adiblarining turli asarlari taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimot jarayonida talabalar milliy adabiyotimiz namoyandalarining ijodi, ularning asarlarida ilgari surilgan g‘oyalar, ma’naviy-axloqiy qarashlar hamda badiiy-estetik ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Shuningdek, taqdim etilgan kitoblar orqali o‘zbek adabiyotining boy ilmiy va madaniy merosi, yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni hamda mutolaaning shaxs tafakkuri rivojidagi ahamiyati alohida yoritildi. Tadbir davomida talabalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, adabiy merosga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda ilmiy dunyoqarashni kengaytirishga qaratilgan fikr-mulohazalar almashildi.

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir talaba-yoshlarning ma'naviyatini yuksaltirish hamda intellektual salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

5262967253265749854_121.jpg

5262967253265749855_121.jpg

5262967253265749856_121.jpg

5262967253265749857_121.jpg

5262967253265749858_121.jpg

5262967253265749859_121.jpg

5262967253265749860_121.jpg

5262967253265749861_121.jpg

5262967253265749862_121.jpg