Bugun institutimizga distributsiya, savdo, marketing hamda moliyaviy tizimlarni boshqarish sohasida 23 yillik tajribaga ega mutaxassis Abbos Rizkiev tashrif buyurib, institutimiz rektori Omonulla Salixov bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida mutaxassisga institutimiz faoliyati tanishtirilib, bitiruvchi talabalar bandligini ta'minlash hamda ularni tadbirkorlikka jalb qilish kabi masalalar muhokama qilindi.

Shundan so'ng Abbos Rizkiev  va talabalar  o'rtasida uchrashuv o'tkazilib, ushbu uchrashuv zamonaviy iqtisodiy jarayonlarda distributsiya tizimlarining samarali tashkil etilishi, marketing strategiyalarini ishlab chiqish hamda moliyaviy boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlandi. Tadbir davomida mutaxassis tomonidan real biznes tajribasi asosida shakllangan nazariy va amaliy yondashuvlar talabalarga atroflicha tushuntirildi.

Shuningdek, uchrashuvda bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardoshlikni oshirish, innovatsion marketing vositalaridan foydalanish hamda kompaniya faoliyatini tizimlashtirishning dolzarb jihatlari muhokama qilindi. Tadbirda talabalarimiz ham faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar hamda mutaxassisdan batafsil va asosli javoblar oldilar.

Mazkur ijodiy uchrashuv talabalar, ayniqsa, bitiruvchi yoshlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, ularni amaliy tajriba bilan boyitish hamda kelgusida samarali faoliyat yuritishlari uchun muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etdi.

photo_2026-03-25_12-26-14.jpg

photo_2026-03-25_11-58-38.jpg

photo_2026-03-25_11-58-38 (2).jpg

photo_2026-03-25_11-58-38 (3).jpg

photo_2026-03-25_11-58-38 (4).jpg

photo_2026-03-25_11-58-38 (5).jpg

photo_2026-03-25_11-58-39.jpg

photo_2026-03-25_11-58-39 (2).jpg

photo_2026-03-25_11-58-39 (3).jpg