Qadrli talabalar! Agar siz o‘qishni tamomlayotgan bo‘lsangiz va hozirda ish qidirayotgan bo‘lsangiz, institutimizning “Karyera markazi” sizga yordam berishga tayyor. Markaz orqali bitiruvchilar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha korxona, tashkilot va muassasalarga ishga joylashishda amaliy ko'mak olishlari mumkin.
Karyera markazi - bitiruvchilarning maqsadli va manzilli amaliyotini tashkil etish, “Kelajakka qadam” dasturini talabalar o’rtasida tatbiq etish, Biznes g'oyalarni kengaytirish, Rezyume tayyorlash, Bitiruvchi talabalarni ishga joylashishiga ko’maklashish kabi bugungi kunning eng muhim vazifalarini o'z zimmasiga oladi.
Manzil: Mirobod tumani, Mironshoh ko‘chasi 123-uyda joylashgan Institut bosh binosi.
Tel: +998 71 256 64 43
Telegram: @mrdikaryeramarkazi
Ish topishda qiyinchilik bormi? Unda hoziroq “Karyera markazi”ga murojaat qiling!