Talaba-yoshlar o'rtasida milliy va zamonaviy sport turlarini ommalashtirish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish hamda tarixiy merosimizga hurmat ruhini mustahkamlash maqsadida, Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan institutimizda qator musobaqalar o'tkazildi.

Musobaqalar doirasida arqon tortish, kamondan o'qotish, armresling va tosh ko'tarish kabi sport turlari bo'yicha bellashuvlar tashkil etildi. Tadbir davomida talabalar o'zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar.

Ayniqsa, arqon tortish bahslarida jamoalar o'rtasidagi keskin kurashlar tadbirga alohida shukuh bag'ishladi. Kamondan o'q otish musobaqalari esa jasorat va milliy qadriyatlarimizni aks ettirgan holda ishtirokchilarda katta qiziqish uyg'otdi.

Mazkur sport musobaqalari nafaqat talaba-yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi, balki ularda jamoaviylik, matonat va g'alabaga intilish kabi fazilatlarni yanada mustahkamladi

5379698039099955185_121.jpg

5379698039099955186_121.jpg

5379698039099955187_121.jpg

5379698039099955188_121.jpg

5379698039099955189_121.jpg

5379698039099955190_121.jpg

5379698039099955191_121.jpg

5379698039099955192_121.jpg

5379698039099955193_121.jpg