Bugun institutimizda “Yoshlar kuni” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Shaxmat federatsiyasi raisi o‘rinbosari, yuridik fanlar doktori, professor, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi va o‘nlab mashhur detektiv asarlar muallifi Komil Sindarov hamda institut rektori Omonulla Salixov ishtirokida “Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.

Ochiq muloqot davomida talabalar bilan davra suhbati va savol-javoblar o‘tkazilib, yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, shaxmat sport turiga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda talaba-yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv doirasida “Intellektual olimpiada” musobaqalarining shaxmat sport turi bo‘yicha saralash bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Shaxmat federatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolanib, rahbarlar shaxmat taxtasida ramziy donalarni surishdi. Mazkur memorandum talabalar orasida shaxmatni ommalashtirish, intellektual sport turlarini rivojlantirish va yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

5411482304623878470_121.jpg

5413816052413570252_121.jpg

5411535222915932285_121.jpg