Bugun O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining katta ko’rgazmalar zalida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Tasviriy san’at fakulteti Magistratura va bakalavriat ta'lim bosqichi talaba qizlari Adibaxon Ravshanova, Dilyora Mirboboyeva, Gulchiroy Murodjonova, Madina Makatova, Nigina Jumanazarova, Ozoda Turdiyeva va Sarvinoz Melikuziyevalarning "GO'ZALLIKKA OSHNO QALBLAR" nomlangan guruhli ko'rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Nur, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi Ibroxim Valixodjayev, institutimiz rahbariyati hamda professor o'qituvchilari, talabalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Ochilish marosimida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Nur hamda O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi Ibroxim Valixodjayevlar so'zga chiqishdi hamda yosh rassomlarning asarlaridagi mehnat, estetik go‘zallik va ichki ruhiy olami haqida fikr bildirib, ularga ijodiy parvozlar tiladi.

Shuningdek tadbir davomida Tasviriy san'at fakulteti dekani Shixnazar Jumaniyazov ham so‘zga chiqib, talabalarning san’atga bo‘lgan fidoyiligi, izlanuvchanligi va g‘oyaviy yondashuvini yuqori baholadi hamda ularga va ularning ustozi Dastgohli rangtasvir kafedrasi professori, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Muhammadiyor Tashmuradovga institut rahbariyatining tashakkurnomalarini topshirdi.

Talabalarimiz tomonidan bu kabi ko‘rgazmalarning keng doirada tashkil etilishi yurtimizda yosh ijodkorlarni yanada qo‘llab-quvvatlash hamda ularga berilayotgan katta e’tibor va ishonchning amaliy ifodasi bo‘ldi.