Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, “Chizmatasvir” kafedrasi dotsenti Mamatova Xushruya Nasimovna “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Institut rahbariyati hamda jamoasi nomidan, yurtimiz san’ati rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan professor-o‘qituvchimiz Mamatova Xushruya Nasimovnani ushbu yuksak e'tirofga sazovor bo‘lganligi munosabati bilan tabriklagan holda, ularning kelgusi faoliyatiga ulkan zafarlar tilaymiz!