“Tasviriy san'at asarlarida Islom Karimov siymosi” nomli ma'naviy -ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda  taniqli rassom va haykaltaroshlar, olimlar va san’atkorlar, institutimiz professor-o‘qituvchilari hamda talaba yoshlar ishtirok etib, unda Birinchi Prezidentning turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimova, Majmua rahbari, tarix fanlari doktori, professor Temur Shirinov, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor Akbar Hakimov, O‘zbekiston san’at arbobi, mashhur haykaltarosh Ilhom Jabborov, O‘zbekiston xalq rassomlari Sobir Raxmetov va Jasvant Annazarovlar so'zga chiqib, Islom Karimovning mamlakatimiz tasviriy san'at sohasida olib borgan ishlari haqida tadbir ishtirokchilariga o'z xotiralarini ulashishdi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari Islom Karimov nomidagi kutubxonaning kiraverishida tashkil etilgan, asosiy mavzuga mos hamda tarixiy fotolardan tashkil topgan ekspozitsiya bilan ham tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

 

5197665191812863589_120.jpg

5197665191812863587_120.jpg

5197665191812863590_120.jpg

5197665191812863647_120.jpg

5197665191812863592_120.jpg

 

 

 

 

5197665191812863649_120.jpg

5197665191812863591_120.jpg

5197665191812863592_120.jpg

5197665191812863648_120.jpg

5197665191812863595_121.jpg