Joriy yilning 6-mart kuni O‘zbekiston-Vengriya oliy ta'lim muassasalari rektorlarining uchinchi forumi doirasida Oʻzbekiston va Vengriya hamkorligida Jizzax viloyatida tashkil etilgan "INNO Science Park" ilmiy-innovatsion parkining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Vengriya Rektorlar konferensiyasi prezidenti Bela Merkeli hamda ikki mamlakatning nufuzli oliy ta'lim muassasalari rahbarlari ishtirok etgan mazkur tadbirda institutimiz rektori Omonulla Salixov ham ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbir davomida institutimiz rektori sunʼiy intellekt, energetika, muhandislik, mashinasozlik, elektronika va avtomatlashtirish, materialshunoslik, kimyoviy texnologiyalar, uchuvchisiz uchish apparatlari, oziq-ovqat xavfsizligi hamda tibbiy texnologiyalar kabi ustuvor yoʻnalishlarda ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan "INNO Science Park" ilmiy-innovatsion parki faoliyati va unda yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi.