O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 24-fevral kuni  yoshlar bilan ochiq muloqotida har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida nishonlanishi belgilangan bo‘lib, mazkur tashabbus doirasida bugun  institutimizda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ravshan Yunusov, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Toshkent shahar Mirobod tumani bo‘limi boshlig‘i Yoqubjon Kamolov  hamda Mirobod tumani prokurori yordamchisi Haydarova Gulruxsor Anvarovnalar ishtirok etib, talaba-yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordi.

Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish imkoniga ega bo‘lib, rahbarlar kelajak avlodning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, innovatsion loyihalarni rag‘batlantirish va ijtimoiy faollikni oshirish bo‘yicha tavsiyalarini berdi. Uchrashuv yoshlar va rahbarlar o‘rtasida samarali muloqot platformasi sifatida xizmat qildi, shuningdek, yoshlarning ijodiy salohiyati va tashabbuskorligini rivojlantirishga qaratilgan yangi yo‘nalishlarni belgilash imkonini yaratdi.

Mazkur tadbir talaba yoshlarni qo'llab-quvvatlash, shuningdek, yosh avlodning jamiyatdagi o‘rni va faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

photo_2026-03-05_17-22-37.jpg

photo_2026-03-05_17-22-37 (2).jpg

photo_2026-03-05_17-22-37 (3).jpg

photo_2026-03-05_17-22-37 (4).jpg

photo_2026-03-05_17-22-37 (5).jpg

photo_2026-03-05_17-22-37 (6).jpg

photo_2026-03-05_17-22-37 (7).jpg

photo_2026-03-05_17-22-38.jpg

photo_2026-03-05_17-22-38 (2).jpg