Ayni kunlarda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rahbariyati mas’ul xodimlar bilan birgalikda talabalari yashaydigan ijara xonadonlariga tashrif buyurib, talabalarning yashash sharoitlari, o‘quv mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishmoqda hamda ular bilan samimiy muloqot o‘tkazishmoqda.

Shuningdek, mas’ul xodimlar qish mavsumi yaqinlashib kelayotganligini inobatga olgan holda, xonadonlarda isitish tizimlari, tabiiy gaz va elektr energiyasidan tejamkor hamda to‘g‘ri foydalanish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish bo'yicha talabalarga tushuntirish ishlarini olib borishmoqda.

Bu kabi amaliy tashriflar talabalarning ijtimoiy muhofazasini ta’minlash hamda ularning xavfsiz va qulay sharoitlarda tahsil olishlarini nazorat qilish maqsadida muntazam ravishda davom ettiriladi.

5413816052413570336_121.jpg

 

5413816052413570339_121.jpg

5413816052413570343_121.jpg