Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti  Mazkur tadbirlar doirasida institut rahbariyati, xodimlar va talabalarimiz institutimiz atrofida joylashgan mahallalarda istiqomat qilayotgan yolg'iz keksalar, nogironligi bo‘lgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning xonadonlariga tashrif buyurib, ularga bayram sovg'alari ulashishmoqda.

Tadbir davomida vakillarimiz ehtiyojmand oilalarning holidan xabar olgan holda, ularning muammolariga befarq emasliklarini amalda isbotlab, bunday tashabbuslari yoshlar qalbida saxovat, bag‘rikenglik va ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilishini yana bir bor namoyon etdilar.

Mazkur amaliy ishlar mamlakatimizning ijtimoiy siyosat yo‘nalishlari bilan uyg‘un bo‘lib, ayniqsa, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va inson qadrini yanada yuksaltirishga qaratilgan Yangi O‘zbekiston g‘oyalarini amalda ro‘yobga chiqarishga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, bu kabi tashabbuslar talaba-yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va rolini yanada mustahkamlab, ularni nafaqat bilimli, balki yuksak maʼnaviyatli, mehr-oqibatli shaxs sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

photo_2026-03-19_14-37-17.jpg

 

photo_2026-03-19_14-37-26.jpg

photo_2026-03-19_14-37-26 (2).jpg

photo_2026-03-19_14-37-26 (3).jpg

photo_2026-03-19_14-37-27.jpg