Toshkent Fotosuratlar uyida institutimizning Tasviriy san'at fakulteti, Miniatyura va kitob grafikasi kafedrasi o'qituvchisi, rassom Alisher Hamdamov hamda Qirg‘izistonlik rassom Almazbek Sharshekeyevning «1+1» nomli qo‘shma ko‘rgazmasi ochildi.
Mazkur ko'rgazmada institutimiz rahbariyati, professor-o'qituvchilar, talabalar ishtirok etib, ko'rgazmada taqdim etilgan ijodiy ishlar bilan tanishdilar.
Alisher Hamdamov ijodida yorqin kolorit, dinamik kompozitsiya va ranglar orqali insoniy kechinmalarni ifodalash muhim o‘rin tutadi. 2025-yilda rassom Toshkent Fotosuratlar uyida «Ranglarda yashovchi hislar» shaxsiy ko‘rgazmasini taqdim etgan bo‘lsa, joriy «1+1» ko‘rgazmasi O‘zbekiston va Qirg‘iziston rassomlari ijodiy hamkorligini namoyon etdi.