Bugun O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida institutimiz va galareya rahbariyati ishtirokida uchrashuv o'tkazildi. Uchrashuv doirasida galereya direktori Kamola Akilova hamda  institutimiz rektori Omonulla Salixov birgalikda galereyadagi ijodiy ishlar bilan tanishishdi.

Shundan so'ng, insitutimiz professor-o'qituvchilari hamda talabalari ishtirokidagi uchrashuvda ikki tomon rahbariyati o'rtasida galereyada “San’at tarixi va nazariyasi” kafedrasi filialini tashkil etish bo'yicha o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum doirasida shu kunning o'zidayoq hamkorlik ishlari boshlab yuborildi. Jumladan, O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi direktori, San’atshunoslik fanlari doktori, professor Kamola Akilova tomonidan hamkorlik doirasida «Abu-Dabi muzeylari va galereyalari: san’at, ma’no va madaniyatlar muloqoti» mavzusidagi ma’ruza tashkil etilib, unda institutimiz rahbariyati, professor-o'qituvchilar, doktorantlar hamda talabalar ishtirok etishdi. 

Shuningdek, hamkorlik doirasida endilikda mazkur galareyada  har haftaning chorshanba kuni san'atshunoslik va muzeyshunoslik sohasiga oid ma'ruzalar yo'lga qo'yiladi.

Mazkur hamkorlik nazariy bilimlarni muzey-galereya amaliyoti bilan uyg‘unlashtirish, talabalar uchun amaliy mashg‘ulotlar, seminarlar va mahorat darslarini tashkil etish, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar uchun dolzarb mavzular bankini shakllantirish hamda maslahatlar tizimini yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.

5388766845365592171_121.jpg

5388766845365592173_121.jpg

5388766845365592165_121.jpg

5388766845365592167_121.jpg

5388766845365592245_121.jpg

5388766845365592250_121.jpg