«Media makon — yangi imkoniyatlar: San’atshunosdan Creatorgacha» mavzusida bo‘lib o‘tgan ushbu workshopda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ilm-fan targ‘iboti mediamarkazi direktori, «Fan va turmush» jurnali bosh muharriri o‘rinbosari, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Zebiniso Muxsinova mehmon sifatida tashrif buyurdi.

Shuningdek, workshopda "San’at tarixi va nazariyasi" kafedrasi mudiri Feruza Kobilova, Talabalar amaliyoti bo'limi rahbari Ra'no Xolboyeva hamda institut professor-o'qituchilari va talabalari ishtirok etishdi. 

Tadbir davomida ma’ruzachi bugungi tezkor raqamli davrda san’atshunoslik sohasining mediadagi o‘rni, an’anaviy ilmiy qarashlarni zamonaviy media-kontent ko‘rinishiga o‘tkazish (content creation) hamda san’atshunoslarning media maydondagi yangi imkoniyatlari haqida talabalarga ma'lumot berdi. Tadbir savol-javob tarzida bo'lib o'tdi.

Bu mashg‘ulotdan asosiy maqsad, talabalarning san’atshunoslik sohasidagi bilimlarini zamonaviy media imkoniyatlari bilan uyg‘unlashtirish, ilmiy va ijodiy ma’lumotlarni keng auditoriyaga tushunarli hamda qiziqarli kontent shaklida yetkazish ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, ularni raqamli media makonida yangi imkoniyatlardan samarali foydalanishga yo‘naltirishdan iborat.

5386702142917255200_121.jpg

5386702142917255201_121.jpg

5386702142917255202_121.jpg