Tadbirda so'zga chiqganlar tomonidan davlat tilining jamiyat hayotidagi o'rni, milliy o'zlikni anglash va ma’naviy qadriyatlarni asrab-avaylashdagi ahamiyati haqida so'z yuritildi.

Bayram dasturi talabalarning badiiy chiqishlari bilan yanada mazmunli bo‘ldi. Institutda tahsil olayotgan turli millat vakillarining o‘zbek tilida she’rlar o‘qishi ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromning yorqin ifodasiga aylandi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishi esa tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbir davomida talabalar o‘rtasida xalqimizning donoligini ifodalovchi “Maqol o‘yini” intellektual bellashuvi o‘tkazildi. Dastur yakunida o‘zbek adiblarining hayoti va ijodini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari,  kuy-qo‘shiqlar  ijro etilib, barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

5388677699024394977_121.jpg

5388651766011864623_121.jpg

5388677699024394984_121.jpg

5388677699024394985_121.jpg