Bugun institutimiz rektori Omonulla Salixov mas’ul xodimlar bilan birgalikda Dizayn fakulteti binosida olib borilayotgan kapital ta’mirlash va bunyodkorlik ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.

Jarayon davomida o‘quv xonalari, amaliy mashg‘ulot auditoriyalari hamda boshqa o‘quv maydonlarida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari, qurilish-montaj jarayonlarining sifati va xonalarning zamonaviy ta’lim talablariga muvofiqligi o‘rganildi.

Rektor ta'mirlash jarayonida bajarilayotgan ishlarning sifatiga alohida e’tibor qaratib, o‘quv xonalari va amaliy mashg‘ulot auditoriyalarini talabalarning ta’lim olishi hamda ijodiy salohiyatini rivojlantirishi uchun zarur sharoitlarni hisobga olgan holda jihozlash muhimligini ta’kidladi.

Ayni kunlarda olib borilayotgan shu kabi barcha amaliy ishlar institutimizning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy ta’lim muhitini shakllantirish va talabalar uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

5368405848524266782_121.jpg

5368405848524266785_121.jpg

5368405848524266786_121.jpg

5368405848524266787_121.jpg