Bugun institutimiz Ko'rgazmalar zalida O‘zbekiston Xalq rassomi, "Mahobatli rangtasvir" kafedrasi professori Rustam Xudayberganovning 80 yoshlik yubileyi hamda 35 yillik pedagogik faoliyati munosabati bilan tashkil etilgan «O‘zimni izlab» nomli shaxsiy ko‘rgazmasi doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda institumiz  Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Dilafruz Qurbonova "Tasviriy san'at" fakulteti dekani Shixnazar Jumaniyazov hamda san’atshunoslar, institut professor-o‘qituvchilari, doktorantlar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Davra suhbati davomida rassomning ko‘p yillik  ijodiy yo‘li, ilmiy-pedogogik faoliyati , tasviriy san’atimiz rivojiga qo‘shgan salmoqli hissasi va yetishtirgan shogirdlari haqida  fikrlar bildirildi. Shuningdek, «O‘zimni izlab» ko‘rgazmasidan o‘rin olgan saralangan asarlar san’atshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilinib, ularning g‘oyaviy va badiiy-plastik yechimlari e’tirof etildi.

Tadbir samimiy, muloqotga boy va qiziqarli savol-javoblar bilan o‘tdi. Talabalar va izlanuvchilar ustoz rassomning boy ijodiy tajribasi va san’atdagi o‘ziga xos uslubi haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi

5370576258707693830_121.jpg

5370543741510295765_121.jpg

5370543741510295764_121.jpg

5370543741510295766_121.jpg