Bugun institutimizga Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova tashrif buyurib, institutimiz rektori Omonulla Salixov hamda mas'ullar bilan birgalikda Dizayn fakulteti binosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bino fasadni zamonaviy uslubda ta’mirlash loyihasi bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuvda binoning tashqi qiyofasini zamonaviy me’moriy yechimlar asosida yangilash, uning hududiy muhit va atrofdagi infratuzilma bilan uyg‘unligini ta’minlash, shuningdek, obodonlashtirish ishlarini sifatli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur loyiha institutning moddiy-texnik bazasini takomillashtirish, ta’lim muassasasi hududining estetik qiyofasini yaxshilash hamda talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yanada qulay muhit yaratishga xizmat qilishi muhim ekanligi takidlandi.
Tashrif yakunida fasadni ta’mirlash ishlarini belgilangan talablar asosida amalga oshirish va loyiha ijrosida tegishli masalalarni muvofiqlashtirish yuzasidan fikr almashildi.