Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, talaba-yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda oktabr oyida o‘tkazilayotgan “Giyohvandlikka qarshi kurashish” oyligi doirasida tashkil etildi.

Uchrashuvga Mirobod tumani IIO FMB Jinoyat qidiruv boʻlimi tezkor vakili leytenant Burgutali Yusupov taklif etildi. Tadbir davomida talaba-yoshlar o‘rtasida targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilib, giyohvandlikning salbiy oqibatlari, uning inson salomatligi va jamiyat hayotiga zararli ta’siri haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Mazkur tadbirlar orqali talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, sog‘lom turmush tarziga rioya etish, zararli illatlardan yiroq bo‘lish hamda giyohvandlikka qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.

5366091788864659020_121.jpg

5366091788864659021_121.jpg

5366091788864659023_121.jpg