Bugun institutimizga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Akromxon Sodiqov tashrif buyurdi.

Tashrif davomida institutda jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar uchun xavfsiz muhitni yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, mavjud xavfsizlik holati, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar hamda bu borada mas’ul xodimlar faoliyatining samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad, ta’lim muassasasida xavfsizlikni yanada mustahkamlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda talaba-yoshlar uchun tinch va osoyishta ta’lim muhitini ta’minlashdan iborat.

5384563597096197613_120.jpg

5384563597096197606_120.jpg